Kristersson: Shvetsiyaning NATO tarkibiga kirishi Turkiya qaroriga bogliq

Ulf Kristersson, Shvetsiyaning NATO tarkibiga kirish jarayoni haqida Aftonbladet gazetasiga bayonot berdi.

1976675
Kristersson: Shvetsiyaning NATO tarkibiga kirishi Turkiya qaroriga bogliq

Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson, davlat sifatida hozirda judayam xavfli vaziyatda ekanliklarini bildirib, Shvetsiyaning NATO tarkibiga kirishi Turkiya qaroriga bogliq ekanini qayd etdi.

Shvetsiyaning NATO tarkibiga kirish jarayoni haqida Aftonbladet gazetasiga bayonot bergan Kristersson, Finlandiyaning NATOga a’zoligi tasdiqlanganidan xursand ekanini ifoda etdi.

Kristersson,

“NATO tarkibida emasligimizdan afsusda ekanimizni ham yetkazdim. Chunki bugungi kunda davlat sifatida judayam xavfli vaziyatdamiz, buni tushunish vaqti keldi. Bundan buyon ish butunlay Turkiyaga bog‘liq va men Turkiya qabul qilgan qarorni judayam hurmat qilaman”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Shvetsiya Bosh vaziri Kristersson:

“1-iyunda kuchga kiradigan terrorga oid qonun bor. Ana shunda Turkiyaga bergan va’dalarimizni bajargan bo‘lamiz”. - dedi.



Aloqador xabarlar