Germaniya Ukrainaga 5 ta MiG-29 samolyotlarini yetkazib berishni maqulladi
Germaniya Polsha hukumatining Sharqiy Germaniya milliy xalq armiyasi zahiralaridan Ukrainaga 5 ta MiG-29 samolyotlarini yetkazib berish bo'yicha arizasini ma'qulladi.

Germaniya Polsha hukumatining Sharqiy Germaniya milliy xalq armiyasi zahiralaridan Ukrainaga 5 ta MiG-29 samolyotlarini yetkazib berish bo'yicha arizasini ma'qulladi.
Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius mavzuga oid bayonotida,
"Men polshalik hamkorlarimizga shuni ma'lum qilishdan mamnunmanki, biz sobiq NVA zaxiralaridan 5 ta MiG-29 Ukrainaga yetkazilishini va'da qilishimiz mumkin" dedi.
"Federal hukumat sifatida birgalikda shunday qarorga kelganimizdan mamnunman. Bu Germaniyaga ishonish mumkinligini ko'rsatadi", - dedi Pistorius.
Polsha prezidenti Anjey Duda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning 5 aprel kuni Varshavaga tashrifi chog‘ida o‘z mamlakatidagi barcha MiG-29 samolyotlarini Ukrainaga yetkazib berishini ma’lum qildi.
Germaniya Polshaga 23 ta MiG-29 qiruvchi samolyotini sotdi, uni 2002 yilda Sharqiy Germaniya milliy xalq armiyasidan (NVA) qabul qilib oldi.
Germaniyadan meros qolgan MiG-29 samolyotlaridan tashqari Polshada sobiq Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi va sobiq Chexoslovakiya tomonidan yetkazib berilgan MiG-29 samolyotlari ham mavjud.
Polshadan tashqari Slovakiya ham Kiyevga 4 ta MiG-29 yetkazib berganini ma’lum qildi.
Aloqador xabarlar

Nigeriyada vabo epidemiyasi tufayli 94 kishi vafot etdi
Joriy yil yanvar oyidan buyon mamlakatda 2 ming 860 kishida vabo kasalligi kuzatilgan.