KHK a’zolari Jidda shahrida Suriya masalasini muhokama qiladi

Ko‘rfaz Hamkorlik kengashi tarkibidagi Iroq, Iordaniya va Misr tashqi ishlar vazirlari juma kuni, Suriya masalasini muhokama qiladi.

1973827
KHK a’zolari Jidda shahrida Suriya masalasini muhokama qiladi

Ko‘rfaz Hamkorlik kengashi a’zolari bilan ba’zi arab davlatlari juma kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Suriya masalasini muhokama qiladi.

Qatar Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Majid al-Ansoriy Qatar axborot agentligiga bergan intervyusida, Qatar Bosh vaziri - Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurrahmon al-Soniyning Ko‘rfaz Hamkorlik kengashi tarkibidagi Iroq, Iordaniya va Misr tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida Suriya masalasi ustidan bo‘lib o‘tuvchi yig‘ilishda ishtirok etish uchun haftaning juma kuni Jiddaga joʻnab ketishini maʼlum qildi.

Qatarning bu boradagi pozitsiyasi barqaror va o‘zgarmaganini ta’kidlagan Ansoriy, yurtining Suriya xalqining siyosiy yechim istagi va bu borada arab konsensusiga javob beradigan holatda ekanini qayd etdi.

Arab ittifoqi, Suriyadagi ichki urush yuzasidan 2011-yilning 12-noyabrida Asad rejimining ittifoqdagi aʼzoligini toʻxtatgandi.



Aloqador xabarlar