Perudagi avtohalokat 10 kishining umriga zomin bo‘ldi
Peruning Xuarochiri viloyatiga qarashli Chikla tumanidagi trassada yo‘lovchi avtobusi boshqaruvni yo‘qotib, daryoga qulagan.
1972951
Janubiy Amerika davlati Peruda yo‘lovchi avtobusining daryoga ag‘darilishi oqibatida, dastlabki aniqlashlarga ko‘ra 10 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jarohat oldi.
Mamlakatning Xuarochiri viloyatiga qarashli Chikla tumanidagi trassada yo‘lovchi avtobusi boshqaruvni yo‘qotib, daryoga qulagan.
Voqeadada ilk aniqlashlarga ko‘ra 10 kishi halok bo‘lar ekan, 25 kishi jarohatlangan. Tan jarohati olganlardan ba’zilarining ahvoli og‘ir.
Voqea joyiga ko‘plab tez yordam va politsiya xodimlari yuborilar ekan, jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizildi.