Yunoniston Mudofaa vaziri Nikos Panayotopoulos Turkiya ziyoratini a'lo deb baholadi

Yunoniston Mudofaa vaziri Nikos Panayotopoulos, 6-fevral kuni Kahramanmarash markazida sodir bo'lgan zilziladan keyin Turkiya-Gretsiya munosabatlaridagi yaqinlashishning baholanishi kerakligini qayd etdi.

1971738
Yunoniston Mudofaa vaziri Nikos Panayotopoulos Turkiya ziyoratini a'lo deb baholadi

 

Yunoniston Mudofaa vaziri Nikos Panayotopoulos, 6-fevral kuni Kahramanmarash markazida sodir bo'lgan zilziladan keyin Turkiya-Gretsiya munosabatlaridagi yaqinlashishning baholanishi kerakligini qayd etdi.

Ta Nea gazetasiga bergan intervyusida Panayotopoulos seshanba kuni Turkiyaga qilgan tashrifi uchun "a'lo mehmondo'stlik, oilaviy muhit, ijobiy samimiylik" deb  ta'rifladi.

Panayotopulos, o'zaro munosabatlardagi muhitni yaxshilash uchun Turkiyada Mudofaa vaziri Hulusi Akar bilan uchrashganini bildirdi.

Seshanba kungi ziyorati Gretsiya mudofaa vazirining 20 yil ichida Turkiyaga qilgan ilk tashrifi ekanligini qayd etgan Panayotopulos, muzokaralar stolidagi keskinlikni pasaytirish, mashg'ulotlarni oldindan belgilangan xalqaro mashg'ulotlardan tashqarida cheklash zarurati; 15-iyun va 15-sentabr kunlari orasida Egey dengizining xalqaro suvlari va havo kengliklarida mashgʻulotlardan qochishni koʻzda tutuvchi moratoriy muddatini bir oyga uzaytirish kabi mavzular muhokama qilinganligini qayd etdi.

Panayotopulos, ikki davlat o'rtasidagi hamkorlikning iqlim o'zgarishi, yong'in va zilzilalar kabi muammolarga qarshi kurashda kuchaytirilishi mumkinligiga e'tibor qaratdi.

Turkiyada 6-fevral kuni yuz bergan zilzila falokatining ikki tomonlama munosabatlar nuqtai nazaridan “imkoniyat oynasi” yaratganini ifoda etgan Panayotopulos, “Bu imkoniyatdan foydalanishimiz kerak” dedi u.

Panayotopulos har ikki tomon ham muloqot tarafdori ekanini ta'kidladi.

Yunoniston Mudofaa vaziri Akarning taklifiga binoan seshanba kuni Hatayga tashrif buyurdi.

Ikki vazir zilzila hududidagi tekshiruvdan so‘ng yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar