Germaniyada Covid-19 pandemiyasi butunlay tugagani ma'lum qilindi

2019-yili paydo bo‘lgan va inson salomatligiga tahdid solgan Covid-19 pandemiyasi Germaniyada butunlay tugagani qayd etilmoqda.

1970907
Germaniyada Covid-19 pandemiyasi butunlay tugagani ma'lum qilindi

Germaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Karl Lauterbax, mamlakatda Covid-19 pandemiyasi tugaganini ma’lum qildi.

Lauterbax mavzu haqida bergan bayonotida, “Covid-19 variantlari, vaktsinalar va hali ham davom etayotgan klinik holatlarni ko‘rib chiqdik va pandemiya tugadi degan natijaga keldik”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Germaniyaning Covid-19 pandemiyasi bilan muvaffaqiyatli kurashganini ta’kidlagan Lauterbax, virus tarqalishining oldini olish uchun ko‘rilgan choralar to‘g‘ri qarorlar ekanini ta’kidladi.

Germaniyada 7-aprel kuni (ertaga), niqob taqishga bo‘lgan talab butunlay tugaydi.


Tanlangan kalimalar: #Germaniya , #Karl Lauterbax , #Covid-19

Aloqador xabarlar