Ukraina: Rossiyaga oid 14 ta insonsiz havo transporti urib tushirildi

Ukraina janubiy qo‘mondonligining qayd etishicha, Rossiya tuni boʻyi Eronda ishlab chiqarilgan insonsiz havo transportlari orqali Odessaga qarshi hujum uyushtirgan.

1969648
Ukraina: Rossiyaga oid 14 ta insonsiz havo transporti urib tushirildi

Ukraina, Odessada Rossiyaga oid Eronda ishlab chiqarilgan 14 ta insonsiz havo transporti urib tushirilganini ma’lum qildi.

Ukraina janubiy qo‘mondonligining qayd etishicha, Rossiya tuni boʻyi Eronda ishlab chiqarilgan insonsiz havo transportlari orqali Odessaga qarshi hujum uyushtirgan.

Bayonotda, Azov dengizining sharqiy sohilidan yuborilgan 17 ta insonsiz havo transportidan 14 tasi yoʻq qilingani maʼlum qilindi.

Insonsiz havo transportlaridan birining Odessa viloyatidagi ishxonalardan birini nishonga olishi natijasida yongʻin kelib chiqqani ifoda etilgan bayonotda, olovlarning tong saharlab oʻchirilgani va qurbonlar qayd etilmagi bildirildi.

Eslatib oʻtamiz Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin 2022-yilning 24-fevralida Ukrainaga bostirib kirishga buyruq berishi ortidan Rossiya-Ukraina oʻrtasida urushi boshlagandi.

Putin, Kiyevning NATOga aʼzo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik va uni Rossiya taʼsirida tutish uchun mamlakatni demilitarizatsiyasi qilish va denatsifikatsiyalash niyatida ekanini ta’kidlagandi.



Aloqador xabarlar