Ukrainaning qayd etishicha kecha Rossiya yana hujum uyushtirgan

Ukraina Rossiyaning 2 ta raketa va 25 ta havo hujumi uyushtirganini ma’lum qildi.

1968500
Ukrainaning qayd etishicha kecha Rossiya yana hujum uyushtirgan

Ukraina, kecha Rossiya armiyasi tomonidan Donetsk va Lugansk viloyatlarining ayrim shaharlari bilan aholi punktlariga qarshi hujum uyushtirilgani haqida ma’lumot bo‘lishdi.

Bosh shtab tomonidan mavzu haqida kecha berilgan bayonotda, oxirgi bir kunda Rossiya Ukrainaga qarshi 2 ta raketa va 25 ta havo hujumi uyushtirgani ma’lum qilindi.

“Rossiya bugun Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Drujkovka shahrining harbiy bo‘lmagan infratuzilmasi va boshqa aholi punktlariga ballistik raketalar orqali hujum uyushtirdi”.-deyilgan bayonotda, tinch aholi orasida tan jarohati olganlar ham borligiga e’tibor qaratildi.

Bayonotda Rossiya kuchlari asosan Liman, Bahmut, Avdeevka va Marinka yo‘nalishlarida hujum uyushtirayotgani ifoda etilar ekan Ukraina armiyasi oxirgi bir kunda ruslarning 50 dan ortiq hujumini qaytargani qayd etildi.

Bahmut, Avdeevka va Marinkada shiddatli to‘qnashuvlar davom etayotgani ta’kidlangan bayonotda, Liman tomonidan rus armiyasining Lugansk viloyati Kremina shahrining janubiy qismlariga uyushtirilgan hujumlarining muvaffaqiyatsiz yakunlangani bildirildi.

Bayonotda Lugansk viloyatining Nevske, Dubrova, Belogorovka va Razdolovka qishloqlari og‘ir qurollar bilan bombalangani ifoda etildi.

Rus kuchlarining Bahmut shahriga qarshi hujumlarini davom ettirayotgani bildirilgan bayonotda,

“Ammo askarlarimiz turar-joyni ushlab turishni davom etmoqdalar”. – deyildi.

Bayonotda, ruslarning Donetsk viloyatining Bogdanovka qishlog‘iga qarshi muvaffaqiyatsiz hujum uyushtirgani qayd etilgan holda:

“Dushman kun davomida Vasyukovka, Orihovo-Vasilovka, Novomarkove, Bahmut, Ivanovskiy, Chasov-Yar, Kurdyumovka, Nyu-York va Drujovka aholi punktlariga hujum qildi”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Avdeevka va Marinka yo‘nalishida rus armiyasi hujumlari muvaffaqiyatsizlikka uchragani ifoda etilgan bayonotda, Shahtersk yo‘nalishida ruslarning Donetsk viloyatining Pobeda, Novomihaylovka, Ugledar va Vileka Novosilka aholi punktlariga hujum uyushtirgani ma’lum qilindi.



Aloqador xabarlar