Pokiston hududidan eronlik askarlarga qarshi hujum uyushtirildi

Pokiston hududidan eronlik askarlarni nishonga olgan qurolli hujum uyushtirildi.

1968632
Pokiston hududidan eronlik askarlarga qarshi hujum uyushtirildi

Eron hududidan Pokistonga qarshi uyushtirilgan qurolli hujum natijasida pokistonlik 4 nafar askar hayotdan ko‘z yumdi.

Pokiston armiyasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Balujiston viloyatiga qarashli Kech tumanida, chegarada turgan patrul mashinasiga qarshi Eron hududidan kelgan jangarilar qurolli hujum uyushtirgani va oqibatida 4 askar halok bo‘lgani qayd etildi.

Eron rasmiylari bilan kerakli aloqa o‘rnatilganiga e’tibor qaratilgan bayonotda, Tehrondan yana shunga o‘xshash hujumlarning takrorlanmasligi uchun jangarilarga qarshi samarali chora ko‘rish talab qilingan.

Hujumni hozircha hech kim zimmasiga olmadi.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Pokiston , #Balujiston , #qurolli hujum

Aloqador xabarlar