Eronda 5 magnitudali yer silkinishi qayd etildi
Kecha Eronda 5 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.

Eron janubidagi Ho‘rmuzg‘on viloyatining Porsiyan shahrida 5 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi.
Milliy seysmologiya markazi maʼlumotlariga koʻra, epitsentri Porsiyan shahri boʻlgan 5 magnitudali yer silkinishi, kecha mahalliy vaqt bilan soat 19:27 da qayd etildi.
Porsiyandan tashqari Basra ko‘rfazidagi Kish orolida ham sezilgan yer silkinishining 11 kilomtr teranglikda sodir bo‘lgani bildirildi.
Eronning IRNA rasmiy agentligi xabariga ko‘ra, Ho‘rmuzg‘on viloyat hokimligiga qarashli Inqiroz boshqarish bo‘yicha Bosh direktor Mehrdod Hasanzoda, yer silkinishi sodir bo‘lgan hududda bugungacha hech qanday ziyon qayd etilmaganini ifoda etdi.
Aloqador xabarlar

Ukrainadagi Kaxovka to‘g‘oni urilishidan keyin mintaqada suv toshqini sodir bo‘ldi
6-iyun kuni Kaxovka to‘g‘oni buzilganidan keyin suv toshqini 600 kvadrat kilometrga tarqaldi.