Isroilning Damashqqa bergan zarbasida 1 kishi halok bo’ldi

Isroil tomonidan Suriya poytaxti Damashqqa uyushtirilgan havo hujumida Eron Inqilobiy gvardiyasi armiyasining bir zobiti halok bo‘ldi.

1968168
Isroilning Damashqqa bergan zarbasida 1 kishi halok bo’ldi

 

Isroil tomonidan Suriya poytaxti Damashqqa uyushtirilgan havo hujumida Eron Inqilobiy gvardiyasi armiyasining bir zobiti halok bo‘ldi.

Eronning yarim rasmiy Tesnim axborot agentligi, Inqilobiy gvardiya armiyasining bayonotiga asoslanib, Milad Haydari ismli bir zobit Isroilning Damashqqa ertalab uyushtirgan hujumida halok bo'lganini ma'lum qildi.

Mavqei oshkor etilmagan Haydariyning Eron tomonidan Suriyaga yuborilgan “harbiy maslahatchilar”dan biri ekanligi bildirildi.

Inqilobiy qo'riqchilar armiyasining bayonotida, Isroil hujumining javobsiz qolmasligi ta'kidlandi.

Eron Suriyadagi Inqilobiy gvardiya armiyasi a'zolarini "harbiy maslahatchilar" deb ta'riflaydi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Hujum , #Damashq , #Isroil

Aloqador xabarlar