AQShda harbiy vertolyot halokatida 9 kishi halok bo'ldi

AQShning  Kentukki shtatida 29-mart kuni mashg‘ulot chog‘ida halokatga uchragan 2 ta harbiy vertolyotdagi 9 nafar askar halok bo‘lgani bildirildi.

1968148

Shtatning Trigg tumani hududida 29-mart kuni 101-havo desant diviziyasiga tegishli ikkita “HH-60 Blackhawk” tipidagi vertolyotning qulashi natijasida 9 nafar askar halok bo‘ldi.

Voqea haqida izoh bergan 101-havo desant diviziyasi brigada generali Jon Lubas, vertolyotlardan birida 5, ikkinchisida esa 4 nafar askar bo'lganini aytdi.

“Yo‘qotishlarimizga qaramay, omadimiz keldi, chunki ular turar-joy hududi qarshisidagi ochiq maydonga qo‘nishga muvaffaq bo‘lishdi, xayriyatki, samolyot halokati natijasida boshqa qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q”, — dedi Lubas.

Voqea yuzasidan tergov davom etmoqda.

Tanlangan kalimalar: #AQSh , #harbiy vertolyot , #Halok , #9 nafar

Aloqador xabarlar