Chilida 6,4 magnitudali zilzila yuz berdi
Chili universiteti qoshidagi Milliy seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, epitsentri mamlakatning Kobkekura shahrida bo‘lgan 6,4 magnitudali zilzila 111 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan.
1967856
Janubiy Amerika mamlakati Chilida 6,4 magnitudali zilzila yuz berdi.
Chili universiteti qoshidagi Milliy seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, epitsentri mamlakatning Kobkekura shahrida bo‘lgan 6,4 magnitudali zilzila 111 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan.
Zilzila oqibatida qurbonlar va moddiy talofat kuzatilmagan.
Zilzila Maule, Biobio va O'Xiggins shaharlarida ham sezilgan.