Rossiyaning “Soyuz MS-22” kosmik kemasi yerga qaytdi

Rossiyaning “Soyuz MS-22” kosmik kemasi Qozog‘istonning Jezqazg‘an shahriga muvaffaqiyatli ravishda qo‘ndi.

1967098
Rossiyaning “Soyuz MS-22” kosmik kemasi yerga qaytdi

O‘tgan yili meteorit zarbasidan ziyon ko‘rgan Rossiyaning “Soyuz MS-22” kosmik kemasi Xalqaro kosmik stansiyani (XKS) tark etib, ekipajsiz Yerga qaytdi.

O‘tgan 2022-yilning 21-sentabrida rossiyalik kosmonavtlardan Sergey Prpkopyev va Dmitriy Petelin hamda amerikalik astronavt Frenk Rubioni XKSga olib ketgan Rossiyaning “Soyuz MS-22” kosmik kemasi ekipajsiz Yerga qaytdi.

XKSda o‘tkazilgan tajribaga oid modda va hujjatlardan tashqari kosmonavt kiyim-kechagi bilan buzik batareyalardan iborat 218 kilogram yuk va 100 kilogram og‘irlikdagi ahlat bilan Turkiya vaqti bilan kecha soat 12:57 da stansiyani tark etgan “Soyuz MS-22”, Turkiya vaqti bilan 14:45da Qozog‘istonning Jezqazg‘an shahriga muvaffaqiyatli ravishda qo‘ndi.



Aloqador xabarlar