Idlibdagi bo‘ron yuzasidan qariyb 32 ming kishi ziyon ko‘rdi
Idlibda 2 kundan beri davom etayotgan bo‘ron yuzasidan qariyb 32 ming kishi ziyon ko‘rdi.

Suriyaning shimoli-g‘arbida joylashgan Idlib viloyatida 2 kundan beri kuchli bo‘ron davom etmoqda. Oqibati esa tinch aholidan 32 ming kishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Idlib bilan Halabning shimol va g‘arbi tomonida joylashgan qishloqlar, oxirgi 2 kunda qayd etilgan kuchli bo‘rondan katta ziyon ko‘rdi.
Ular orasida, mintaqadagi yer silkinishlaridan jabr ko‘rganlarga atab qurilgan 11 ta boshpana markazi ham bor.
Bashar al-Asad rejimi va uni qo‘llab-quvvatlaguvchilar tomonidan uyushtirilgan hujumlardan qochganlarga oid 60 ta lagerda 467 ta chodir foydalanishdan chiqar ekan, 1 ming 328 ta chodir esa qisman ziyon ko‘rgan.
Bo‘rondan 32 mingga yaqin inson, jumladan qariyb 8 ming 500 ming nafar ayol kishi bilan 16 ming 500 nafar yosh bola chorasiz qolgan.