Isroilda namoyishlarga politsiyaning aralashishi oqibatida 5 nafar namoyishchi qo'lga olingan

Isroil jamoat teleradiokompaniyasi (KAN) xabariga ko‘ra, Tel-Aviv markazidagi Ayalon ko‘chasini temir to‘siqlar bilan to‘sib qo‘yish va o’t qo’ygan namoyishchilarga Isroil politsiyasi aralashdi.

1966080
Isroilda namoyishlarga politsiyaning aralashishi oqibatida 5 nafar namoyishchi qo'lga olingan
israil gostericilere mudahale1.jpg
israil gostericilere mudahale.jpg

 

Isroilning Tel-Aviv shahrida, Bosh vazir Netanyahu hukumati parlamentdan o'tishga harakat qilgan, ammo norozilik namoyishlari tufayli ortga surilgan sud tartib-qoidalariga qarshi namoyishda 2 politsiya xodimi yaralangan, 5 nafar namoyishchi qo'lga olingan.

Isroil jamoat teleradiokompaniyasi (KAN) xabariga ko‘ra, Tel-Aviv markazidagi Ayalon ko‘chasini temir to‘siqlar bilan to‘sib qo‘yish va o’t qo’ygan namoyishchilarga Isroil politsiyasi aralashdi.

Namoyishchilarni TOMA, ko'zdan yosh oqizuvchi gaz bilan tarqatishga harakat qilgan politsiyachilardan ikki nafari uloqtirilgan shisha butilkalar tufayli yaralandi.

Yediot Ahronot gazetasi esa voqeada 5 nafar namoyishchining qo'lga olinganini, Ayalon ko'chasi yaqinida sud nizomiga qarshi chiqqanlar bilan ularning tarafdorlari o'rtasida to'qnashuv bo'lganini yozdi.

Namoyishchilar namoyishni davom ettirishlarini e'lon qilishdi, chunki Netanyaxu sud tartibini to'liq to'xtatmadi,  faqat kechiktirdi deya bildirishdi.

Adliya vaziri Yariv Levin 5 yanvar kuni Oliy sud vakolatlarini cheklab, hukumatga sudyalar tayinlashda o‘z so‘zini bildirish imkonini beruvchi “sud-huquq islohoti”ni rejalashtirayotganliklarini ma’lum qilgan edi.

Netanyaxu 27 mart kuni butun mamlakat bo'ylab ommaviy norozilik va ish tashlashlarga sabab bo'lgan sud tartibini kechiktirayotganini e'lon qilgan edi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar