Kobulda sodir etilgan xudkushlik hujumida 6 kishi halok bo'ldi
Afg'onistonning poytaxti Kobulda Tashqi ishlar vazirligi yaqinida sodir etilgan xudkushlik hujumida 6 kishi halok bo'ldi.
Afg'onistonning poytaxti Kobulda Tashqi ishlar vazirligi yaqinida sodir etilgan xudkushlik hujumida 6 kishi halok bo'ldi.
Kobul politsiya departamenti matbuot kotibi Xolid Zedran matbuotga bergan bayonotida, hujum qilgan shaxs vazirlik joylashgan ko'chaga kiraverishdagi nazorat punktiga yaqinlashganda xavfsizlik kuchlari tomonidan zararsizlantirilganini va ustidagi bomba portlaganini aytdi.
Hujum oqibatida 6 nafar tinch aholining hayotdan ko'z yumganini ifoda etgan Zedran, 3 nafari Tolibon a'zosi bo'lgan bir necha kishining ham yaralanganini ma'lum qildi.
Kobulning eng yirik sog'liqni saqlash markazlaridan biri bo'lgan Shoshilinch kasalxonaning ijtimoiy media hisobidan qilingan bayonotda, Tashqi ishlar vazirligi yaqinidagi bombali hujumda hayotdan ko'z yumgan 2 kishining jasadlari olib kelingani ma'lum qilindi.
Bayonotda, hujumda biri bola bo'lgan 12 kishining yaralangani qayd etildi.
Tolibon rasmiylari hozircha bayonot bermagan bo‘lsada, hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
11 yanvar kuni Tashqi ishlar vazirligi kiraverishida sodir etilgan bombali hujumda 5 kishi halok bo'lgan edi.