Vladimir Putin: Rossiya bilan Belarus yadroviy qurol bo‘yicha kelishib oldi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Rossiya bilan Belarusning yadroviy qurol bo‘yicha kelishib olganini ma’lum qildi.

1965101
Vladimir Putin: Rossiya bilan Belarus yadroviy qurol bo‘yicha kelishib oldi

Rossiya Belarus hududiga yadroviy qurol joylashtiradi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Rossiya bilan Belarusning yadroviy qurol bo‘yicha kelishib olganini ma’lum qildi.

Belarus hududiga taktik yadroviy qurollar joylashtirajaklarini bildirgan Putin, Rossiyaning “Yadroviy qurollarni yoymaslik shartnomasi”ni buzmagan holda Belarus hududiga yadroviy qurol joylashtirmoqchi ekanini bildirdi.

Putin Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) Yevropadagi yadroviy qurollariga e’tibor qaratib, “Qurollarni Belarusga o‘tkazib berayotganimiz yo‘q, joylashtiryapmiz. Huddi AQShning Yevropada qilganidek”.- dedi.

Putin Rossiya tomonidan hozirning o‘zida Belarusga taktik yadroviy qurol tashiy oluvchi 10 ta havo vositasi yuborganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Rossiya rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Belarusda yadroviy qurollarni joylashtiruvchi obyekt qurilishi 1-iyulgacha Rossiya tomonidan tomomlanadi.

O‘tgan yili Shimoliy oqim-1 va 2-tabiiy gaz quvurlarida sodir bo‘lgan portlashlarga ham to‘xtalgan Vladimir Putin, Pulitser mukofoti sovrindori amerikalik jurnalist Seymur Xershning, “Shimoliy oqim liniyasidagi portlashlar AQSh razvedkasi tomonidan uyushtirilgan” degan xulosasini yodga solgan holda, “Bunga toʻliq qoʻshilaman”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar