Jo Bayden, Xitoy va Rossiya o'rtasidagi yaqinlashuvni haddan tashqari oshirib yubordik dedi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Bayden, Xitoy va Rossiya o'rtasidagi yaqinlashuvning oxirgi paytlarda "bo'rttirilgan"ligini ta'kidlab, G'arb ittifoqi esa bir-biriga yana ko’proq yaqinlashib borayotganini aytdi.

1964900

Rasmiy tashrifi doirasida Kanadaning Ottava shahrida bo'lgan Bayden va Kanada Bosh vaziri Justin Trudeau, mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Bayden, Rossiyaning Ukrainaga qilgan hujumlari oldida Rossiyaga qilingan bosim va Ukrainaga berilgan yordamning davom etishini ta'kidladi.

Xitoy va Rossiya o'rtasida oxirgi 10 yil ichida 40 ta uchrashuv o'tkazilganiga diqqat qaratgan Bayden, G'arb ittifoqining ancha yaqinlashganini ham bildirdi.

AQSh prezidenti,

"Men Xitoy va Rossiyani kamsitib qo‘ymayman. Lekin biz haddan tashqari oshirib yubordik deb o‘ylayman. Hozir so‘nggi uch oy davomida Xitoy Rossiyaga muhim qurollar yetkazib berishi mumkinligi haqida gapirilmoqda.  Ular buni hali qilmagan. Bu ular qilmaydi, degani emas, lekin ular hali yo'q. Va shunga o'xshash narsa sodir bo'lgan taqdirda ham, bu G'arbni sezilarli darajada birlashtirdi ".

Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Rossiya , #Yaqinlashuv , #Bo'rttirilgan

Aloqador xabarlar