Bayden Eron bilan ziddiyatga intilmasliklarini, ammo Amerika xalqini himoya qilishlarini ta'kidladi

Suriyadagi Eron tomonidan qo'llab-quvvatlangan xorijiy terrorchi guruhlarning Amerika bazalariga uyushtirgan hujumlarida yaralangan amerikalik askarlarga Iroqning poytaxti Bag'dod va Erbilda tibbiy yordam ko'rsatildi.

1964884

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Markaziy qo'mondonligi (CENTCOM) matbuot kotibi Abigail Hammok, Rudaw telekanaliga hujumda yaralangan 6 askarning ahvoli barqaror, 2 nafari esa ishga qaytganini aytdi.

Yaralangan shartnomali xizmatchi 1 askar va Iroqning poytaxti Bag'dodda, qolgan 2 nafar yaralangan askar esa Erbilda davolanayotganini qayd etgan Hammak, Bag'dodda davolanayotganlarning sog'lig'ini kuzatish uchun yaqinda AQShga yuborilishini ma'lum qildi.

Hammok hujumni Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlar tomonidan  amalga oshirilganini qayd etdi.

Boshqa tomondan, AQSh harbiy samolyotlari Suriya sharqidagi Dayr-az-Zor viloyati va unga  qarashli  Elbukemal va Meyadin tumanlaridagi Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan xorijiy terroristik guruhlarga tegishli harbiy nuqtalarga havo hujumi uyushtirdi.

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) prezidenti Jo Bayden Eron bilan ziddiyatga intilmasliklarini, ammo shunga qaramay Amerika xalqini himoya qilishlarini ta'kidladi.

Tanlangan kalimalar: #Hujum , #Baza , #Harbiya , #Suriya , #Eron , #AQSh

Aloqador xabarlar