BMT, Isroilning turar joy faoliyatlarini zudlik bilan to'xtatilishini talab qildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik Kengashida a'zo davlatlar, Isroilning turar joy faoliyatlari  xalqaro huquqqa zid bo'lganini  va bu faoliyatlarni  zudlik bilan to'xtatilishini talab qildi.

1963958
BMT, Isroilning turar joy faoliyatlarini zudlik bilan to'xtatilishini talab qildi

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik Kengashida a'zo davlatlar, Isroilning turar joy faoliyatlari  xalqaro huquqqa zid bo'lganini  va bu faoliyatlarni  zudlik bilan to'xtatilishini talab qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashida bo'lib o'tgan Yaqin Sharq sessiyasida Isroil-Falastin mojarosi va mintaqada kuchayib borayotgan zo'ravonlik bilan bog'liq dolzarb o'zgarishlar muhokama qilindi.

Tor Vennesland, BMTning Yaqin Sharq tinchlik jarayoni boʻyicha maxsus koordinatori, sessiyaga videokonferentsiya orqali ulanib Muqaddas Ramazon, Pasxa va Fisih oyi birlashgan bu davrda barcha tomonlar keskinlikni kuchaytiradigan bir tomonlama qadamlardan qochishlari kerakligini aytdi.

Wennesland, shuningdek, yaqinda ishg'ol qilingan G'arbiy Sohilda 4 noqonuniy yahudiy aholi punktining qayta ochilishi haqidagi qonunni tanqid qilib, rahbarlarni bu nozik vaqtda provokatsion faoliyatni to'xtatishga chaqirdi.

Venneslend,

"Isroilning aholi punktlari hech qanday qonuniy asosga ega emas. Bu xalqaro huquq va BMT rezolyutsiyalarini ochiqdan-ochiq buzishdir. Men Isroil hukumatini xalqaro huquq bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishga va barcha aholi punktlarini zudlik bilan to'xtatishga chaqiraman". dedi u.

Har qanday zo'ravonlik va terrorchilik harakatlarini qoralagan Vennesland, aybdorlar javobgarlikka tortilishi va har ikki tomonni chuqurroq inqirozga olib keladigan zo'ravonlik spiraliga chek qo'yish kerakligini ta'kidladi.

Vennesland muqaddas joylarda keskinlik va provokatsiyani kuchaytiradigan qadamlardan xavotir bildirdi.

Falastinning BMTdagi doimiy vakili Riyod Mansur esa, Falastin xalqining bu yerlarda uzoq yillardan beri borligini va barcha azoblarga qaramay  yo’q bo’lmasligini bildirdi.

O'tgan yil  G'arbiy Sohil uchun "eng halokatli yil" bo'lganini tilga olgan Mansur, juda uzoq vaqt ichida qo'lga kiritilgan huquq va yutuqlar hammaning ko'z o'ngida yo'q qilina boshlaganiga e'tibor qaratdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining Falastin xalqini himoya qilishi kerakligini ta'kidlagan Mansur, zo'ravonlik va ig'voni to'xtatish uchun har bir qadam tashlanishi kerakligini ta'kidladi.

Sessiya doirasida so‘zga chiqqan a’zolar, jumladan, Angliya, Shveytsariya, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Braziliya va Yaponiya  ishtirok etgan delegatsiyalar Isroilning noqonuniy aholi punktlari faoliyatini qoraladi.

Ishtirokchilar ikki davlat qarori eng yaxshi variant ekanligini tasdiqlashdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar