AQSh Rossiyani terrorni qo'llab-quvvatlovchi davlatlar ro'yxatiga kiritmoqchi

Entoni Blinkenning aytishicha, Rossiyani "terrorizmni qo'llab-quvvatlovchi davlatlar" ro'yxatiga kiritish, muhim sanktsiyalar va cheklovlarni keltirib chiqarishi va istalmagan natijalarga olib kelishi mumkin.

1964091
AQSh Rossiyani terrorni qo'llab-quvvatlovchi davlatlar ro'yxatiga kiritmoqchi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Rossiyani "terrorizmni qo'llab-quvvatlovchi davlatlar" ro'yxatiga kiritish, muhim sanktsiyalar va cheklovlarni keltirib chiqarishi va istalmagan natijalarga olib kelishi mumkin.

Blinken vazirlikning 2024 yilgi byudjeti bilan bog'liq yig'ilishda Senatning mablag'lar qo'mitasining Tashqi ishlar, tashqi operatsiyalar va tegishli dasturlar bo'yicha quyi qo'mitasida savollarga javob berdi.

Bir senatorning Rossiyani "terrorizmni qo'llab-quvvatlovchi davlatlar" ro'yxatiga qo'shish ustida ishlayapsizmi, degan savoliga Blinken Rossiyaga qarshi turli xil sanksiyalar kiritganliklarini eslatdi.

"Rossiyaning harbiy jinoyatlari va vahshiyliklari uchun bizda juda boshqacha sanksiyalar bor", dedi Blinken.

"Menimcha, uni terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatiga qo‘shish noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin”,-deydi u.

Moskvaga qarshi har bir mantiqiy qadamni tashlaganliklarini qayd etgan Blinken, “Terrorni qo’llab-quvvatlovchi davlatlar qatoriga qo’shish haqida gapirishimiz kerak. Xuddi shunday natijaga erishishning yaxshiroq yo'llari bor" ,- dedi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Entoni Blinken

Aloqador xabarlar