Perudagi to‘fon 65 kishining umriga zomin bo‘ldi

Ayniqsa poytaxt Limada avj olgan to‘fon, suv toshqinlari yuzasidan yuzlab vayronaga yo‘l ochdi.

1963429
Perudagi to‘fon 65 kishining umriga zomin bo‘ldi

Janubiy Amerika davlati Peruda tropik “Yaku” to‘foni yuzasidan paydo bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 65 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 5 kishi esa bedarak yo‘qoldi.

Mamlakatning ko‘plab shaharlari, ayniqsa poytaxt Limada avj olgan to‘fon, suv toshqinlari yuzasidan yuzlab vayronaga yo‘l ochdi.

Oqibatida bugungacha 65 kishi halok bo‘ldi, 5 kishidan esa haligacha hech qanday xabar yo‘q.

Tabiiy ofatdan 66 ming 853 kishi jabr ko‘rgan bo‘lsa, 9 ming 677 ta uy ziyon ko‘rdi va 1541 ta uy yaroqsiz holga keldi.

Bundan tashqari 56 ta maktab, 116 ta tibbiy markaz, 239 ta ko‘prik ziyon ko‘rar ekan 640 kilometrlik yo‘l esa shikastlandi.

To‘fonda qishloq xoʻjaligi yerlari ham jiddiy ziyon koʻrar ekan, 11 ming gektarlik ekin maydonlari vayron boʻldi va 30 ming 192 qoramol nobud boʻldi.

Hukumat tabiiy ofatdan eng koʻp jabr koʻrgan 8 viloyatning 154 ta tumanida 6 oy muddatga favqulodda holat (OHAL) eʼlon qildi.


Tanlangan kalimalar: #suv toshqinlari , #Peru , #Yaku to‘foni

Aloqador xabarlar