Gretsiya tabiiy ofat yuz bergan hududlarga 250 tonna yordam ashyosi yubordi
“Asr falokati” deb tariflangan va 6-fevral kuni sodir bo‘lgan yer silkinishlari ortidan Turkiyani qo‘llab-quvvatlashni davom etgan Gretsiya, Attika mintaqasidan (mintaqa poytaxt Afinani ham o‘z ichiga oladi), 250 tonna yordam ashyosi yubordi.

Gretsiya tomonidan yer silkinishlari sodir bo‘lgan hududlarga yuborilgan 250 tonnalik yordam ashyosi, Turkiyaning Edirne viloyatiga yetib keldi.
“Asr falokati” deb tariflangan va 6-fevral kuni sodir bo‘lgan yer silkinishlari ortidan Turkiyani qo‘llab-quvvatlashni davom etgan Gretsiya, Attika mintaqasidan (mintaqa poytaxt Afinani ham o‘z ichiga oladi), 250 tonna yordam ashyosi yubordi.
Mazkur yordam ashyosi 67 ta yuk tashuvchi mashina orqali Ipsala chegara darvozasidan Turkiyaga kirib keldi.
Oziq-ovqat, kiyim-kechak, ko‘rpa-to‘shak va ilk yordam ashyolaridan iborat yordam qutilari, tabiiy ofat yuz bergan hududga yetkazib berilishi uchun Edirne stantsiyasida poyezd vagonlariga yuklandi.
Attika mintaqasi gubernatori o‘rinbosari Vasilis Kokalis, mintaqaning ikkinchi yordam missiyasini Turkiyaga topshirganliklarini bildirdi.
Ashyolarning, dahshatli yer silkinishlaridan jabr ko‘rgan insonlarga yordam berishi uchun Attika meriyalari vositachiligida yig‘ilganini ifoda etgan Kokalis, “Qo‘shni Turk xalqining yonidamiz va kerakli har qanday mavzuda yonlarida bo‘lishni ham davom etamiz”.-deya gapirdi.