20 mart holatiga ko'ra, Ukrainadan Polshaga kirgan qochqinlar soni 10 million 500 mingdan oshdi
Polsha chegara qoʻshinlarining Twitter’dagi sahifasida yozilgan postda Ukraina-Rossiya urushi boshlanganidan beri (2022-yil 24-fevralda) jadal migratsiya kuzatilgani eslatildi.
1962337

20 mart holatiga ko'ra, Ukrainadan Polshaga kirgan qochqinlar soni 10 million 500 mingdan oshdi.
Polsha chegara qoʻshinlarining Twitter’dagi sahifasida yozilgan postda Ukraina-Rossiya urushi boshlanganidan beri (2022-yil 24-fevralda) jadal migratsiya kuzatilgani eslatildi.
Kechagina Ukrainadan mamlakatga 23 ming 900 kishi kirgani bildirilib, “Urush boshidan buyon Ukrainadan Polshaga o'tganlar soni 10 million 500 mingdan oshgani” bildirildi.
Polshani tark etgan ukrainaliklarning umumiy soni 8 million 600 ming kishi sifatida qayd etildi.
Polshada o'tkazilgan so'rovga ko'ra, mamlakat aholisining 81 foizi Rossiya-Ukraina urushi tufayli o'lkaga kelgan qochqinlarni qo'llab-quvvatlash kerak deb hisoblaydi.