Ekvadordagi yer silkinishida 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Ekvador Prezidenti Matbuot xizmati internet saytida Balao shahrining 6 kilometr shimoli-sharqida sodir bo‘lgan 6,7 magnitudali yer silkinishi haqida ma’lumot berildi.

1961811
Ekvadordagi yer silkinishida 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Janubiy Amerika davlati Ekvadorda sodir bo‘lgan 6,7 magnitudali yer silkinishi oqibatida 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Ekvador Prezidenti Matbuot xizmati internet saytida Balao shahrining 6 kilometr shimoli-sharqida sodir bo‘lgan 6,7 magnitudali yer silkinishi haqida ma’lumot berildi va unda 13 kishining hayotdan ko‘z yumgani, qidiruv-qutqaruv ishlarining davom etayotgani ifoda etildi.

Risklarni boshqarish kotibi tomonidan berilgan bayonotda ham o‘lim holatlarning ko‘pchiligi Peru chegarasidagi El Oro provinsiyasida qayd etilgani va 126 kishining jarohat olgani ta’kidlandi.

Yer silkinishi oqibatida hozirgacha 17 ta maktab, 31 ta tibbiy markaz va 50 ta bino ziyon ko‘rar ekan 7 ta bino butunlay vayron boʻlgan.

Kuenka, Machala va Guayakil shaharlarida ba’zi binolar vayron bo‘lgani, qurbonlar soni yana da ortishi mumkinligi qayd etildi.

Kecha 65,7 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan yer silkinishi, qo‘shni davlat Peruda ham sezildi.


Tanlangan kalimalar: #Janubiy Amerika , #Ekvador , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar