Yevropa Ittifoqi Turkiyaga yordamlarini davom ettiradi
Yevropa Ittifoqi (YI) Turkiya delegatsiyasi rahbari elchi Nikolaus Meyer-Landrut, Turkiya duch kelgan ofatlarni yengishda yordam berishda davom etishlarini aytdi.

Yevropa Ittifoqi (YI) Turkiya delegatsiyasi rahbari elchi Nikolaus Meyer-Landrut, Turkiya duch kelgan ofatlarni yengishda yordam berishda davom etishlarini aytdi.
Landrut matbuotga bergan bayonotida, 6-fevral kuni Kahramanmaroshda katta falokat kuzatganliklarini ta'kidladi.
“Tasavvur qilib boʻlmaydigan vayronagarchilik va bu vayronagarchilikning odamlar hayoti, tirikchiligi, psixologik holatiga taʼsiri chindan ham aql bovar qilmaydi”, - dedi u.
Umrida Qahramanmaroshdaki vayronagarchilikka o'xshash manzaraga duch kelmaganini aytgan Meyer-Landrut:
"Siz ko'chalardan vayron bo'lgan uylarni ko'rishingiz mumkin. Demak, o'lcham jihatidan tushunish va idrok etish haqiqatan ham qiyin." dedi.
Meyer-Landrut, falokat jarayonida Turkiyaning yonida bo'lishga davom etishlarini ta'kidladi.
Landrut, Yevropa Ittifoqi davr raisligini qilayotgan Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson boshchiligida Belgiyaning poytaxti Bryusselda donorlar konferentsiyasi o'tkazilishini, Turkiyaga ko'proq xalqaro qo'llab-quvvatlashni istashlarini bildirdi.