Parijda pensiya islohotiga qarshi chiqqanlarning namoyishida 120 kishi hibsga olindi

Fransiya poytaxti Parijda pensiya yoshini bosqichma-bosqich 64 yoshga ko’tarishni maqsad qilgan pensiya islohotiga qarshi chiqqanlarning namoyishida 120 kishi hibsga olindi.

1961125
Parijda pensiya islohotiga qarshi chiqqanlarning namoyishida 120 kishi hibsga olindi
fransa protesto.jpg

 

Fransiya poytaxti Parijda pensiya yoshini bosqichma-bosqich 64 yoshga ko’tarishni maqsad qilgan pensiya islohotiga qarshi chiqqanlarning namoyishida 120 kishi hibsga olindi.

Fransiya bosh vaziri Elizabet Bornning pensiya yoshini 62 dan 64 ga ko‘tarishni ko‘zda tutuvchi islohot to‘g‘risidagi qonun loyihasini ovoz berishsiz qabul qilish to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng islohotga qarshi bo’lganlar mamlakatning turli shaharlarida, shuningdek, Parijda namoyishlar uyushtirdi.

Parijdagi Milliy assambleyaga yaqin Konkord maydonida islohotning minglab muxoliflari yig‘ildi. Politsiya va namoyishchilar o'rtasida keskin lahzalar bo'lgan bir paytda, maydondan evakuatsiya qilingan namoyishchilar yon ko'chalarga tarqaldi.

Namoyishchilar bir necha kun davomida Parij ko‘chalarida farroshlarning ish tashlashi natijasida to‘plangan axlat bilan bir qatorda avtomobillar va ayrim jamoat mulklariga o‘t qo‘yishdi.

Namoyishlarda 120 kishining qo'lga olingani bildirildi.

Mahalliy matbuotning yozishicha, Nant, Lion va Renn kabi turli shaharlarda ko‘chalarda keskinlik avj olgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Hibsga olindi , #Namoyish , #Parij , #Fransiya

Aloqador xabarlar