Xitoy rahbari Si Tszinpin Moskvaga tashrif buyuradi

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xua Chunin Si Tszinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 20-22 mart kunlari rasmiy tashrif bilan Moskvada bo‘lishini ma’lum qildi.

1961340
Xitoy rahbari Si Tszinpin Moskvaga tashrif buyuradi

 

Xitoy rahbari Si Tszinpin Rossiya-Ukraina urushidagi mamlakatining pozitsiyasi va Rossiya bilan yaqinligi muhokama qilinadigan davrda Moskvaga tashrif buyuradi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xua Chunin Si Tszinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 20-22 mart kunlari rasmiy tashrif bilan Moskvada bo‘lishini ma’lum qildi.

Kreml saroyi tomonidan berilgan bayonotda, Putin va Si o'rtasidagi uchrashuvda "Rossiya va Xitoy o'rtasidagi munosabatlar va strategik hamkorlik muhokama qilinadi" deyilgan.

Bayonotda, ikki liderning xalqaro maydonda hamkorlikni chuqurlashtirish borasida ham fikr almashishi, “ba’zi muhim hujjatlar imzolanishi” ta’kidlandi.

Si Tszinpin Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri birinchi marta Rossiyaga tashrif buyurmoqda.

Tashrif Xitoyning Rossiya-Ukraina urushidagi pozitsiyasi muhokama qilingan va AQSh bilan geosiyosiy raqobatda Rossiya bilan yaqinlashgan davrga to'g'ri kelgani diqqatga sazovordir.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Xitoy

Aloqador xabarlar