Somalida amaldorlar joylashgan mehmon uyiga xudkushlik hujumi uyushtirildi

Somalining janubidagi Gedo mintaqasida hukumat amaldorlari joylashgan mehmon uyiga xudkushlik hujumi oqibatida ikki kishi halok bo'ldi.

1959538

Mintaqadagi xavfsizlik xodimlaridan Mohammad Ali Aden, portlovchi modda yuklangan vositaning Bardhere shahridagi mehmon uyini nishonga olganini va 2 xavfsizlik xodimining halok bo'lganini bildirdi.

Milliy matbuotdagi xabarlarda Gedo gubernatori Ahmed Bule Garad va 43-diviziya qo'mondoni Ahmed Abdullahi Hirsining yaralangan holda hujumdan omon qolgani ma'lum qilindi.

Portlash oqibatida atrofdagi binolar ham zarar ko'rgan.

"Ash-Shabab" terror tashkiloti hujum haqida hozircha hech qanday rasmiy bayonot bermagan.

Somali armiyasining ash-Shabobga qarshi olib borgan amaliyotlaridan so'ng tashkilot turli shaharlardagi bombardimonlarini kuchaytirdi.

Tanlangan kalimalar: #Hujum , #Xudkushlik , #Somali

Aloqador xabarlar