Abdullohiyon bilan Lavrov Suriya va Ukraina masalalarini ham muhokama qildi

Husayn Amir Abdullohiyon bilan Sergey Lavrov telefon orqali muloqot qildi.

1959618
Abdullohiyon bilan Lavrov Suriya va Ukraina masalalarini ham muhokama qildi

Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon bilan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi kelishuv hamda Suriya va Ukraina masalalarini muhokama qildi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra, Abdullohiyon bilan Lavrov telefon orqali muloqot qilgan.

Mamlakatlari o‘rtasidagi keng ko‘lamli uzoq muddatli hamkorlik bitimini baholagan ikkala vazir; Turkiya, Suriya, Eron va Rossiya o‘rtasida to‘rt tomonlama uyushtirilishi rejalashtirilgan uchrashuv ustidan ham maslahatlashdi.

Ukrainadagi vaziyat bilan bog‘liq so‘nggi vaziyatlar ham muhokama qilingan muloqotda, Abdullohiyan o‘z yurtining, “Ukrainada siyosiy yechim va dialogga e’tibor qaratish haqidagi printsipial ko‘z qarashini”,-takrorladi.

Lavrov ham Eron bilan Saudiya Arabistoni oʻrtasida diplomatik aloqalarni takror boshlatish boʻyicha erishilgan kelishuvni xursandchilik bilanq qabul qilganliklarini bildirdi.

Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mazkur muloqot haqida berilgan bayonotda, Rossiya bilan Eronga qarshi yo‘lga qo‘yilgan bir tomonli noqonuniy sanksiyalarga qaramay, o‘zaro savdo hajmi rekord darajaga yetganidan mamnunligi ifoda etildi.

Mintaqaviy va xalqaro muammolar ham muhokama qilingan uchrashuvda aloqalarni faol davom ettirishga kelishib olindi.

 



Aloqador xabarlar