Erondagi portlash 5 kishining umriga zomin bo‘ldi

Eronda ro‘y bergan portlash oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 2 kishi tan jarohati oldi.

1958437
Erondagi portlash 5 kishining umriga zomin bo‘ldi

Eronning Tabriz shahridagi binolardan birida ro‘y bergan portlash oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 2 kishi tan jarohati oldi.

Eronlik talabalar axborot agentligi (ISNA) bilan suhbatda Sharqiy Ozarbayjon tez yordam xizmati voizi Vohid Shodiy, Tabrizning Manzariya tumanidagi bir binoda sodir bo‘lgan portlash haqida ma’lumot berdi.

Shodiy:

“Tabrizning Manzariya hududida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 2 kishi tan jarohati oldi”. - dedi.

Portlashning atrofdagi ko‘plab uylarga ziyon yetkazganiga e’tibor qaratgan Shodiy, vayrona ostida qidiruv-qutqaruv ishlarining davom etganini bildirdi.

Eronlik rasmiylarning qayd etishicha, portlash sabablari ustidan tergov ishlari davom etmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Tabriz , #portlash

Aloqador xabarlar