Janubiy Afrika Isroil bilan diplomatik aloqalar darajasini pasaytirdi

Janubiy Afrika milliy assambleyasi Isroil bilan diplomatik aloqalar darajasini pasaytirish to‘g‘risida rezolyutsiyani qabul qildi.

1957630
Janubiy Afrika Isroil bilan diplomatik aloqalar darajasini pasaytirdi

 

Janubiy Afrika milliy assambleyasi Isroil bilan diplomatik aloqalar darajasini pasaytirish to‘g‘risida rezolyutsiyani qabul qildi.

Taklifni parlamentga taqdim etgan Milliy Ozodlik Partiyasi (NFP) tomonidan berilgan bayonotda, Isroil bilan diplomatik aloqalar darajasini tushirish taklifi Milliy Majlisda ovoz berish orqali ma'qullangani ma'lum qilindi.

Shunga ko'ra, hukmron partiya Afrika Milliy Kongressi (ANC) va parlamentdagi 3-yirik partiya Iqtisodiy erkinlik kurashchilari (EFF) tomonidan qo'llab-quvvatlangan taklif, ovoz berishda qatnashgan 302 deputatdan 208 nafarining qo'llab-quvvatlashi bilan qabul qilindi.

Janubiy Afrika Isroilning G‘azoga qilgan hujumlariga norozilik bildirish uchun 2018-yilda Tel-Avivdagi elchisini chaqirib olgandi va 2019-yilda bu davlat bilan aloqalarini vaqtincha ishlar vakili darajasiga tushirgandi.

Parlamentning bu qarori ikki davlat munosabatlarini yanada keskinlashtirishi kutilmoqda.

Janubiy Afrika allaqachon xalqaro maydonda Falastin masalasining eng muhim himoyachilaridan biriga aylangan. Ayni paytda Isroilning Afrika Ittifoqida kuzatuvchi bo‘lishiga keskin qarshi chiqqan davlatlardan biridir.

Mamlakatni 1948-1994 yillar oralig‘ida boshqargan aparteid rejimining alamli xotiralari hanuzgacha saqlanib qolgan Janubiy Afrikada hukumat Isroilni falastinliklarga qarshi “aparteid rejimi”ni qo‘llashda ayblaydi.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Janubiy Afrika

Aloqador xabarlar