Guterrish va Zelenskiy don tashabbusini davom ettirishga kelishib oldi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish kecha Kiyevga bordi. Tashrif doirasida u Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashib, qator masalalarni muhokama qildi.

1956902
Guterrish va Zelenskiy don tashabbusini davom ettirishga kelishib oldi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuvda Qora dengiz don tashabbusini 18 martdan keyin davom ettirishga kelishib olganligini ma’lum qildi.

Zelenskiy poytaxt Kiyevda Guterrish bilan uchrashdi. Keyin qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazildi.

Rossiya Ukrainada nazorat qilgan Zaporojye atom elektr stansiyasini shantaj qilayotganini ifoda etgan Zelenskiy, "Zaporojye atom elektr stansiyasi Ukrainaning to'liq nazoratiga qaytishi kerak. Bu faqat Ukraina emas, global xavfsizlik masalasidir" dedi. 

Zelenskiy, Guterrish bilan Qora dengiz don tashabbusining 18 martdan keyin davom etishi masalasini muhokama qilganligini aytib, “Bugun biz Qora dengiz don tashabbusining 18 martdan keyin davom etishi butun dunyo uchun muhim zarurat ekanligiga kelishib oldik” dedi.

Guterrish Rossiyani Ukrainaga hujum uyushtirganlikda ayblab, BMT sifatida Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qoʻllab-quvvatlaganligini taʼkidladi.

U shuningdek, Zaporojye atom elektr stansiyasining xavfsizligi va himoyasi hayotiy ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab, hududning butunlay qurolsizlanishi kerakligini ta'kidladi.

O'tgan yili Istanbulda imzolangan Qora dengiz don tashabbusi tufayli Ukraina portlaridan 23 million tonnadan ortiq don eksport qilinganini qayd etgan Guterrish, "Qora dengiz don tashabbusi global oziq-ovqat narxlarining pasayishiga hissa qo'shdi va urush tufayli jabrlangan odamlarga shoshilinch yordam ko'rsatdi" dedi.

Guterrish ko'rib chiqilayotgan tashabbus 18 martdan keyin uzaytirilishi kerakligini ta'kidladi.

Eslatma: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish kecha, 8 mart kuni Kiyevga borgan edi. Tashrif doirasida u Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashib, qator masalalarni muhokama qilgandi.



Aloqador xabarlar