AQSh Prezidenti Bayden va Germaniya kansleri Scholz Ukrainaga berilgan yordamni muhokama qildi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Bayden va Germaniya kansleri Olaf Scholz, Rossiya-Ukraina urushi doirasida  Ukrainaga berilgan yordamni muhokama qildi.

1954713

Oq uydan berilgan yozma bayonotda, Bayden bilan poytaxt Vashingtonga rasmiy ziyorat  uyushtirgan  Germaniya kansleri Scholzning Rossiya-Ukraina urushi va global mavzularni muhokama qilgani ma'lum qilindi.

Bayonotda, AQSh va Germaniya o'rtasidagi mustahkam aloqalarni tasdiqlash uchun yig'ilgan liderlar, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishining yilligi munosabati bilan Ukrainaga xavfsizlik, gumanitar, iqtisodiy va siyosiy yordam ko'rsatish uchun olib borilayotgan sa'y-harakatlarni muhokama qilganliklari bildirildi.

Uchrashuvda Ukraina xalqi bilan global birdamlikni saqlab qolishning ahamiyati ham kun tartibida bo'lib, bayonotda, "(Liderlar) zarur bo'lgan vaqt davomida Rossiya o'zining tajovuzkorligi uchun  evazini to’lash majburiyatini yana bir bor ta'kidladilar." Deya qayd etildi.

Bayonotda, Bayden va Scholzning boshqa global mavzularda ham fikr almashgani bildirildi.

Tanlangan kalimalar: #Uchrashdi , #Olaf Scholz , #Germaniya , #Jo Bayden , #AQSh

Aloqador xabarlar