2035 yilga borib dunyo aholisining yarmidan ko‘pi semirib ketishi mumkin

Butunjahon semirish federatsiyasi 2035 yilga borib, hech qanday chora ko‘rilmasa, dunyo aholisining yarmidan ko‘pi semirib ketgan yoki ortiqcha vaznga ega bo‘lishini e’lon qildi.

1954576

Butunjahon semirish federatsiyasi tomonidan e'lon qilingan hisobotga ko'ra, to'rt milliarddan ortiq odam semirishdan aziyat chekadi.

Afrika va Osiyodagi past yoki o'rta daromadli mamlakatlarda bu borada eng katta o'sish kuzatilishi kutilmoqda.

Federatsiya rahbari, professor Luiza Baur hisobot natijalarini aniq ogohlantirish sifatida baholadi.

Hisobotda, ayniqsa, bolalar va yoshlar o'rtasida semizlik darajasi oshib borayotgani ta'kidlangan va bu ko'rsatkichlar 2020 yil darajasidan o'g'il bolalar va qizlar orasida ikki baravar oshishi kutilmoqda.

Dunyo miqyosida semirishning eng ko'p o'sishi kutilayotgan 10 ta davlatdan to'qqiztasi Afrika va Osiyodagi past yoki o'rtadan past daromadli mamlakatlardir.

Topilmalar prognozlariga ko'ra, butun dunyo bo'ylab semirish darajasining oshishi global iqtisodiyotga sezilarli ta'sir ko'rsatadi, bu global yalpi ichki mahsulotning 3 foizini tashkil qiladi.

Aloqador xabarlar