Gretsiyadagi poyezd halokatida qurbonlar soni 57 nafarga yetdi

Gretsiya hukumati mamlakat tarixidagi eng qonli poyezd halokatidan so‘ng uch kunlik milliy motam e’lon qildi.

1954254
Gretsiyadagi poyezd halokatida qurbonlar soni 57 nafarga yetdi

 

Gretsiyada chorshanba kuni sodir bo'lgan poyezd halokatida qurbonlar soni 57 nafarga yetdi.

Gretsiya davlat televideniyesi ERT xabarida, Tempi shahrida yo'lovchi poyezdi bilan yuk poyezdining to'qnashuvi natijasida ba'zi vagonlarning relsdan chiqib ketishi va oldingi vagonlarning yonishi natijasida sodir bo'lgan voqeada 57 kishi halok bo'lgani bildirildi. 

48 kishining shifoxonada davolanishi davom etmoqda. Ulardan 6 nafarining ahvoli og'ir. 56 kishi bedarak yo'qolgani qayd etildi.

Vagonlarda yuz bergan yong'in tufayli qidiruv-qutqaruv chog'ida vayronalar ostidan chiqarilgan ba'zi jasadlarni tanib olishda qiyinchiliklar yuzaga kelgani, bedarak yo'qolganlarning oilalari DNK tahlili uchun namunalar bergani bildirildi.

Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias ijtimoiy tarmoq orqali hamdardlik bildirgan barchaga minnatdorlik bildirdi.

"Biz butun dunyodan xalqimiz bilan birdamligini bildirgan barcha odamlarga minnatdorlik bildiramiz. Gretsiya diplomatik va konsullik rasmiylariga hamdardlik maktubi yuborgan barchaga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz",-deydi Gretsiya Tashqi ishlar vaziri.

Gretsiya prezidenti Katerina Sakellaropulu, Bosh vazir Kiryakos Mitsotakis, Sog'liqni saqlash vaziri Thanos Plevris, muxolifatdagi Radikal So'l Alyans (SYRIZA) rahbari Aleksis Tsipras, Mudofaa vaziri o'rinbosari Nikos Hardalias va Gretsiya Kommunistik partiyasi (KKE) rahbari Dimitris Kuchumbas voqea sodir bo'lgan hududga yetib borishdi va u yerdagi vaziyat bilan tanishdi.

Gretsiya hukumati mamlakat tarixidagi eng qonli poyezd halokatidan so‘ng uch kunlik milliy motam e’lon qildi.

Ayni paytda poytaxt Afinada poyezd halokatiga norozilik bildirgan minglab namoyishchilar, Gretsiya temir yo'llari idorasi joylashgan bino oldida to'planib, parlament binosi joylashgan Sintagma maydonigacha yurib bordi.

“Tasodif emas, qotillik” deb yozilgan yozuvlarni ko‘targan namoyishchilar aybdorlarni topishni talab qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya

Aloqador xabarlar