Italiyada muhojirlar qayig‘i cho'kishi oqibatida 67 kishi halok bo'ldi

26-fevral kuni Italiyaning Krotone shahri yaqinida cho‘kib ketgan tartibsiz muhojirlar qayig‘ida halok bo‘lganlar soni 67 nafarga yetdi.

1953691
Italiyada muhojirlar qayig‘i cho'kishi oqibatida 67 kishi halok bo'ldi

 

26-fevral kuni Italiyaning Krotone shahri yaqinida cho‘kib ketgan tartibsiz muhojirlar qayig‘ida halok bo‘lganlar soni 67 nafarga yetdi.

Italiyaning ANSA agentligi xabariga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv guruhlari Steccato di Cutro shahri yaqinidagi dengizdan qizning jonsiz jasadini topdi. Shu tariqa hodisada halok bo‘lganlar soni 67 nafarga yetdi.

Voqea sodir bo‘lgan hududda bedarak yo‘qolgan muhojirlarni qidirish davom etmoqda.

Muhojirlar qayig'i cho'kib ketishidan oldin aralashish juda kech bo'lganmi, degan muhokamalar mamlakat kun tartibida davom etmoqda.

25-fevral oqshomida Yevropa Ittifoqi (YI) chegarani himoya qilish agentligi Frontexga tegishli patrul samolyoti tomonidan aniqlangan muhojirlarni olib ketayotgan qayiqda Italiya qirg‘oq qo‘riqlash guruhlari qutqaruv operatsiyasini boshlamagani sababi hozircha  kun tartibida  qolmoqda.

Frontex Italiyaga kerakli bildirishnoma yuborilganini e'lon qilgan bo'lsa, Italiya Sohil Xavfsizlik Qo'mondonligi ularga hech qanday xavfli vaziyat bildirilmaganini ma'lum qildi.

Sohil Xavfsizlik xizmati, shuningdek, belgilangan qoidalarga rioya qilinganligini ta'kidladi.

Ichki ishlar vaziri Matteo Piantedosining ham aytishicha, Frontex ushbu qayiq haqidagi birinchi xabarida hech qanday xavfli vaziyat haqida xabar bermagan va keyinchalik meteorologik sharoit yomonlashgan dedi.

Yevropa Ittifoqiga maktub yozgan Bosh vazir Giorgia Meloni, noqonuniy migratsiya va tartibsiz muhojirlar uchun Yevropa siyosati belgilanishi kerakligini aytib, tartibsiz migratsiya masalasini uyushgan jinoyat guruhlari va inson kontrabandachilari qo’liga topshirmaslik kerakligini ta’kidladi. .

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar