Keniyadagi qurg‘oqchilik millionlab hayvon o‘limiga yo‘l ochmoqda

Keniya milliy qurgʻoqchilikni boshqarish agentligi rahbari Hared Hassan, qurgʻoqchilik tufayli 2,6 million hayvon oʻlim xavfi ostida ekanini ta’kidladi.

1950019
Keniyadagi qurg‘oqchilik millionlab hayvon o‘limiga yo‘l ochmoqda

Keniyada 2,6 million hayvon qurg‘oqchilikdan nobud bo‘lish xavfi ostida.

Keniya milliy qurgʻoqchilikni boshqarish agentligi rahbari Hared Hassan, qurgʻoqchilik tufayli 2,6 million hayvon oʻlim xavfi ostida ekanini ta’kidlab:

“Hayvonlarning oʻlimi tufayli sut ishlab chiqarishning pastligi ham, toʻyib ovqatlanmaslik darajasini oshirmoqda”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Afrika qit’asining sharqida, 1980-yillardan beri kuzatilgan eng kuchli qurgʻoqchilik, millionlab insonni ochlikka mahkum qildi.

Hukumatlararo taraqqiyot agentligiga a’zo mamlakatlarda kamida 36 million kishining qurg‘oqchilikdan aziyat chekkani taxmin qilinmoqda.

Cho‘l chigirtkalarining 2019-yildagi istilosi ortidan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish pasayib, oziq-ovqat inqirozi boshlagan mintaqada, yomg‘irli mavsumda ham yog‘ingarchilikning kutilganidan ancha past ekani yangi oziq-ovqat inqirozini keltirib chiqardi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti qurgʻoqchilik tufayli chorva mollari nobud boʻla boshlagani, tashnalik va oziq-ovqat muammosi tufayli oilalar oʻz uy-joylarini tark etganini ma’lum qildi.

Toza suv tanqisligi ham migratsiya orqali yuqumli kasalliklarning tarqalishiga yoʻl ochdi.



Aloqador xabarlar