Yevropa mulozimlari Turkiyadagi zilzila zonasiga tashrif buyurdi

Yevropa Ittifoqi komissari Oliver Xobeli va Yevropa Ittifoqi kengashi o’tkinchi rahbari Shvetsiya xalqaro rivojlanish va tashqi savdo vaziri Yoxan Foldell Turkiyaga tashrif buyurdi.

1949743

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Yevropa Ittifoqi komissari Oliver Xobeli va Shvetsiya xalqaro rivojlanish va tashqi savdo vaziri Yoxan Foldell Turkiyadagi zilziladan so’ng, mamlakatimiz  bilan birdamligini namoyish etish, ta’ziya bildirish va yordam yetkazish maqsadida Turkiyaga tashrif buyurdi” deyiladi xabarda.

Yevropalik mulozimlar mamlakatga tashrifi doirasida Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li bilan uchrashadi. Uchrashuvda Yevropa Ittifoqining zilzila zonasiga qo'shimcha yordami va mart oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro konferentsiyaga doir tafsilotlar muhokama qilinadi.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar