JSST: Afg‘onistonlik 875 ming bola to‘yib ovqatlanmayapdi

JSST Afgʻoniston, Twitter hisobi orqali mavzu haqida bayonot berdi.

1944542
JSST: Afg‘onistonlik 875 ming bola to‘yib ovqatlanmayapdi

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) afg‘onistonlik 875 ming bolaning to‘yib ovqatlanmayotganini ma’lum qildi.

JSST Afgʻoniston, Twitter hisobi orqali mavzu haqida bayonot berdi.

Bayonotda, joriy yilda Afgʻonistonda jami 875 ming bola toʻyib ovqatlanmagani haqida ma’lumot boʻlishdi.

Qayd etilishicha bolalardan tashqari homila yoki bola emzirgan onalar ham yetarli saviyada toʻyib ovqatlanmayapdi.

JSST, to‘yib ovqatlanmaslikka qarshi kurashish maqsadida joriy haftada turli viloyatlarda hamshiralar tomonidan mashg‘ulotlar oʻtkazilayotganini qayd etdi.

Tolibonning o‘tgan yili Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelishidan keyin chuqurlashgan iqtisodiy inqiroz tufayli mamlakatdagi gumanitar inqiroz ham avj oldi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) maʼlumotlariga koʻra, koʻpchiligi yosh bolalardan iborat Afgʻoniston aholisining uchdan ikki qismiga toʻgʻri kelgan 28 million kishi, shoshilinch ravishda gumanitar yordamga muhtoj.

Xuddi shunday toʻyib ovqatlanmaslik, qizamiq va bolalarda shol kasalligi kabi koʻplab kasalliklar ham mamlakatning asosiy muammolaridan biridir.


Tanlangan kalimalar: #Afg‘oniston , #JSST , #Tolibon , #to‘yib ovqatlan

Aloqador xabarlar