Xalqaro matbuot Turkiyadagi yer silkinishi haqida keng koʻlamli ma’lumot boʻlishmoqda
Voqea haqida uzluksiz ma’lumot boʻlishgan Britaniyaning BBC nashri, 200 yildan ortiq bir davrdan beri mintaqada bu darajada yirik yer silkinishi voqeasi haqida hech qanday ogohlantirish ishlari yuritilmaganiga e’tibor qaratdi.

Xalqaro matbuot 6 - fevral kuni voqea oʻchogʻi Turkiyaning Kahramanmarash viloyati deb qayd etilgan va mamlakatning 10 viloyatiga ta’sir qilgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishi haqida keng koʻlamli ma’lumot boʻlishishni davom etmoqda.
Voqea haqida uzluksiz ma’lumot boʻlishgan Britaniyaning BBC nashri, 200 yildan ortiq bir davrdan beri mintaqada bu darajada yirik yer silkinishi voqeasi haqida hech qanday ogohlantirish ishlari yuritilmaganiga e’tibor qaratdi.
Mintaqada oxirgi marotaba 1822 - yilda sodir boʻlgan 7,4 magnitudali yer silkinishining takroriy seysmik silkinishlari qariyb bir yil davom etgani ifoda etilgan xabarda, huddi shu holatning oʻchogʻi Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlarda ham takrorlanishi mumkinligi kutilayotgani bildirildi.
Yer silkinishining halokatli ta’siri muhokama qilingan The Economist xabarida, “Bu yer silkinishining bu darajaga kelishiga yoʻl ochgan bir necha sabaplar bor. Ulardan biri yer silkinishinnig kuchidir”.-degan ifodalarga oʻrin berildi.
Yer silkinishi kuchidagi har bir ballik ortish, ta’sirini 32 barobarga chiqargani qayd etilgan xabarda, takroriy seysmik silkinishning yer yuzasiga yaqin nuqtada sodir boʻlishi esa yer yuzasidagi ta’sirini ham oshirishini bildirdi.
The Times gazetasi ham mintaqaning tektonik qatlamlar tutashgan joyida ekani va yer silkinishi tufayli bu qatlamlarda yuz bergan ishqalanishning halokatli ta’siriga e’tibor qaratdi.
Italiyada 2016 - yili sodir boʻlgan yer silkinishida 300 kishining hayotdan koʻz yumganiga e’tibor qaratilgan xabarda, voqea oʻchogʻi Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlarida paydo boʻlgan energiya miqdorining undan 250 barobar koʻp ekani va uni silkinish kuchi yuqori aftershoklarlar kuzatgani ta’kidlandi.