Falastinda yer silkinishi qayd etildi
Falastinda qayd etilgan yer silkinishining epitsentri Nablus shahri ekani aniqlandi.
1943722

Falastinda 4,8 magnitudali yer silkinishi yuz berdi.
Falastinning WAFA rasmiy xabar agentligi ma’lumotlariga ko‘ra Nablusdagi Al - Najoh Al-Vataniy universiteti qoshidagi Yer silkinishi markazi yetakchisi Jalol al - Dubayk, yer silkinishi epitsentrining Nablus shahrining 13 kilometr shimolida ekanini ma’lum qildi. Dubayk, 4,8 magnitudali yer silkinishining 10 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lganini ifoda etdi.
Mazkur yer silkinishi Quddus, Ramalloh va Nablus shaharlarida sezilgan.
Voqea oqibatida qurbonlar yoki mol – mulki jihatidan ziyon ko‘rganlar bor yoki yo‘qligi haqida esa hozircha hech qanday ma’lumot berilmadi.