Suriyada zilzila qurbonlari soni 2530 nafarga yetdi
Suriyadagi zilzilalardan zarar ko'rgan Idlib, Halab, Hama, Latakiya va Tartus viloyatlarida 6 fevraldan beri qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Turkiyaning janubi-sharqida sodir bo’lgan 7,7 va 7,6 magnitudali zilzila qo’shni davlat Suriyada ham o’z kuchini ko’rsatdi.
Mamlakatda zilziladan halok bo'lganlar soni 2 530 nafarga, yaralanganlar soni esa 4 645 nafarga yetdi.
Suriyadagi zilzilalardan zarar ko'rgan Idlib, Halab, Hama, Latakiya va Tartus viloyatlarida 6 fevraldan beri qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Suriyaning SANA davlat axborot agentligi xabar berishicha, hukumat nazoratidagi Aleppo, Latakiya, Xama, Idlib va Tartus viloyatlarida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida kamida 1250 kishi halok bo'ldi, 2 ming 45 kishi tan jarohati oldi.
“Bu raqamlar sezilarli darajada oshishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.
Suriya shimolidagi muxolifat nazoratida bo’lgan hududlarda ko'plab binolar vayron bo'lgan yoki zarar ko'rgan.
Suriya Inson Huquqlari Tarmog'i (SNHR), Fuqaro Mudofaasi (Oq dubulg'alilar), mahalliy hokimiyatlar, sog'liqni saqlash tashkilotlari va mahalliy manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Suriyaning Idlib viloyati hamda “Furot qalqoni” va “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti olib borilayotgan hududlarida kamida 1280 kishi halok bo‘ldi, 2600 dan ortiq kishi jarohatlandi.
Muxolifat nazoratidagi hududlarda qutqaruv ishlariga Suriya milliy armiyasi a’zolari jalb etilgan.