Suriyada vayronalar ostida chaqaloq dunyoga keldi

Qutqaruv guruhlari chaqaloqning sog‘-salomat ekanligini, onasi esa vafot etganini ma’lum qildi.

1943153
Suriyada vayronalar ostida chaqaloq dunyoga keldi

 

Suriyaning Halab shahrida homilador ayol vayronalar ostida tug‘di.

Qutqaruv guruhlari chaqaloqning sog‘-salomat ekanligini, onasi esa vafot etganini ma’lum qildi.

Zilzilalardan zarar ko'rgan Suriyada epitsentri Kahramanmarash bo'lgan hududda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Halab shahrida davom etayotgan qutqaruv ishlari chog‘ida vayronalar ostida qolgan homilador ayol tug‘gani  ma’lum qilingan.

Qutqaruv guruhlari tomonidan qutqarilgan chaqaloqning sog'lom bo'lgani, vayronalar ostidan chiqarilgan ayolning esa hayotdan ko'z yumgani bildirildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Tug'di , #Ayol , #Zilzila , #Suriya

Aloqador xabarlar