Suriyada 11-fevralgacha motam kuni deb e’lon qilindi
Kecha qayd etilgan tabiiy ofat tufayli Suriyada 11-fevralgacha motam kuni deb e’lon qilindi.

Suriya Muvaqqat hukumati Suriya shimolidagi epitsentri Kahramanmarash boʻlgan yer silkinishidan ziyon koʻrgan hududlarda motam e’lon qildi va ta’limning 11 - fevralgacha toʻxtatilganini ma’lum qildi.
Suriya Muvaqqat hukumati tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Suriya shimolida muxolifat nazorati ostidagi hududlarda sodir boʻlgan yer silkinishi tufayli insoniy falokat yuz berganiga e’tibor qaratildi.
Barcha imkonlarning qidiruv - qutqaruv faoliyatlari uchun safarbar qilingani ifoda etilgan bayonotda:
“Suriyada qutqarilgan hududlarda motam e’lon qilinib, maktab va universitetlarda ta’lim 11-fevralga qadar to‘xtatildi”. – degan ifodalarga oʻrin berildi.
Oxirgi ma’lumotlarga koʻra kecha qayd etilgan va epitsentri Kahramanmarash boʻlgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishi oqibatida Suriyaning turli mintaqalarida 1602 kishi halok boʻldi, 3 ming 649 kishi tan jarohati oldi.