Sharqiy Quddusda mutaassib bir yahudiy Iso alayhissalom haykaliga bolg‘a bilan hujum qildi

Ishg’ol  ostidagi Sharqiy Quddusning Eski shaharidagi tarixiy cherkovga kirgan mutaassib yahudiy Iso alayhissalom haykaliga bolg‘a bilan hujum qildi.

1941535
Sharqiy Quddusda mutaassib bir  yahudiy Iso alayhissalom haykaliga bolg‘a bilan hujum qildi

 

Ishg’ol  ostidagi Sharqiy Quddusning Eski shaharidagi tarixiy cherkovga kirgan mutaassib yahudiy Iso alayhissalom haykaliga bolg‘a bilan hujum qildi.

Isroil politsiyasi yozma bayonotida, "Eski shahardagi cherkovdagi haykalni vayron qilgan Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) fuqarosi turist" nazoratga olindi deb bildirdi.

Hujumchini to'xtatgan cherkov xavfsizlik xodimi Majid Rishik, hududda avval ham duch kelgan hujumchining "fanatik  bir yahudiy" ekanligini aytdi.

Politsiya o'z bayonotida hujumchini "Amerikalik sayyoh" deb ta'riflaganmi degan savolga Rishik, "Jinoyatchini cherkov joylashgan hududda bir necha marta ko'rganini va uning fanatik bir  yahudiy ekanligini" takrorladi.

O'tmishda aqidaparast yahudiy ko'chmanchilarning "cherkovga hujum qilib, la'natlab, urush boshlaganini" ta'kidlagan Rishik, ko'p marta politsiyaga shikoyat qilganini, qo'lga olinganlarning qo'yib yuborilganini, shikoyat fayllari doimo yopilganini aytdi.

Quddusdagi Lotin katolik cherkovidan rohib Nikodemus Shnabel ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xristianlik uchun muqaddas cherkovga qilingan hujumga ishora qilib, shunday deb yozdi

"Xristianlardan nafrat etgan  va hukumat tomonidan qo'llab-quvvatlangan va rag'batlantirilgan yangi Isroilga xush kelibsiz."

Isroildagi nasroniy jamiyatini vakillik qilgan Quddus Muqaddas Shahar qo'riqlash boshqarmasi tomonidan qilingan yozma bayonotda, oxirgi paytlarda nasroniy jamiyatiga qarshi jinoyatlarning ortib borayotgani xavotir bilan kuzatilgani bildirildi va Isroil rasmiylarini diniy ozchiliklarni himoya qilishga chaqirildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #cherkov , #Hujum , #Haykal , #Mutaassib Yahudiy , #Hz. Iso

Aloqador xabarlar