G‘arb Ukrainaga qurol yetkazar ekan, Rossiya o‘z salohiyatidan to‘liq foydalanadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Stalingrad jangidagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan Volgograd shahrida bo‘lib o‘tgan dasturda nutq so‘zladi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, mamlakat prezidenti Vladimir Putin “G‘arb Ukrainaga qurol yetkazib berayotgan ekan, Rossiya o‘z salohiyatidan to‘liq foydalanadi” degan fikrni olg’a surdi.
Dmitriy Peskov Putinning Stalingrad jangidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda g‘arbning Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishga qarshi bayonotiga aniqlik kiritdi.
“Ushbu bayonot Rossiya salohiyatga ega va kollektiv Gʻarb tomonidan yetkazib beriladigan yangi qurollar paydo boʻlishi bilan Rossiya maxsus harbiy operatsiya doirasida javob qaytarish uchun mavjud barcha salohiyatidan toʻliq foydalanadi” demakdir”,-dedi Dmitriy Peskov.
Ma’lumot uchun, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Stalingrad jangidagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan Volgograd shahrida bo‘lib o‘tgan dasturda nutq so‘zladi.
“Rossiyaga yana o‘tmishdagidek tanalariga xochlar bosilgan nemis Leopard tanklari tahdid solmoqda”, deb aytgan Putin tadbirda so’zlagan nutqida.
“Yevropa davlatlarini, shu jumladan Germaniyani Rossiya bilan yangi urushga tortayotganlar, bundan tashqari, mas’uliyatsizlik bilan buni to‘liq bajarilgan deb e’lon qilganlar, jang maydonida Rossiya ustidan g‘alaba qozonishni kutayotganlar, aftidan, Rossiya bilan zamonaviy urush ular uchun butunlay boshqacha bo‘lishini tushunmayabdilar. Zirhli transport vositalaridan foydalanish muammoni hal qilmaydi. Buni hamma tushunishi kerak”,-deydi Rossiya prezidenti.
Aloqador xabarlar
Kishida Ukrainada Zelenskiy bilan uchrashadi
Bosh vazir Kishida Fumio Ukrainada Prezident Zelenskiy bilan uchrashadi.