Meksikada jinoiy guruhlar o'rtasida to'qnashuv sodir bo'ldi
Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarga ko'ra, viloyatning Tuzantla shahrida raqib to'dalar bir-biriga hujum qilgan. Soatlab davom etgan to'qnashuv natijasida ko'plab insonlar halok bo'lgan.
1941585

Meksikaning Michoakan shtatida jinoiy guruhlar o'rtasida sodir bo’lgan to'qnashuvda ko'plab odam halok bo'lgani ma'lum bo'ldi.
Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarga ko'ra, viloyatning Tuzantla shahrida raqib to'dalar bir-biriga hujum qilgan.
Soatlab davom etgan to'qnashuv natijasida ko'plab insonlar halok bo'lgani iddao qilindi.
Hududda oltita avtomobil yonib ketgani aniqlandi.
Hududda xavfsizlik kuchlari keng ko‘lamli operatsiya o’tkazmoqda.
Shuningdek, viloyat Bosh prokuraturasi ham voqealar yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda.