Pokistonning Peshovar shahridagi teraktda qurbonlar soni 102 kishiga yetdi
Joriy yilning 30 yanvar kuni Pokistonning Peshovar shahridagi masjidda portlash sodir bo‘ldi. Masjidga kirgan terrorchi o‘zini portlatib yubordi.

30-yanvar kuni Pokistonning Peshovar shahridagi masjidga uyushtirilgan xudkushlik hujumida halok bo‘lganlar soni 102 kishiga yetdi.
Milliy matbuotda tarqatilgan xabarga ko'ra, shifoxonaga olib ketilgan og'ir yarador 2 kishining vafoti bilan qurbonlar soni 102 nafarga etdi.
Hayber Paxtunxva politsiya boshqarmasi rahbari Muazzam Jah Ansoriy ma’lum qilishicha, masjidga politsiya formasida kirgan terrorchi o’zini portlatib yuborgan. U politsiya formasida ko'plab xavfsizlik nuqtalarini chetlab o'tishga muvaffaq bo’lgan.
Dastlabki tergov va texnik dalillarga asoslanib ma’lumot bergan Ansoriy, ushbu terakt Pokiston Tolibonidan ajralib chiqqan “Jamat-ul Ahrar” guruhi tomonidan uyushtirilgan bo'lishi mumkinligini aytdi. Uning aytishicha, ushbu terakt ortida dushman razvedka tashkiloti turgani aniq.
Ansoriy razvedka agentligining nomi yoki unga aloqador bo'lgan davlat haqida hech qanday bayonot bermadi.
Eslatma: Joriy yilning 30 yanvar kuni Pokistonning Peshovar shahridagi masjidda portlash sodir bo‘ldi. Masjidga kirgan terrorchi o‘zini portlatib yubordi.
Peshovar politsiyasi boshlig‘i Ijaz Xonning aytishicha, bir necha gumondor hibsga olingan va politsiya ularga masjid binosiga kirish uchun ichki yordam olgani ehtimolini tekshirmoqda.